Hurmatli “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK aksiyadori!

        Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni 1-uyda joylashgan “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK (e-mail: bc-samarkand@inbox.uz) 2019-yil 28-iyun kuni soat 11-00 da bo‘lib o‘tadigan umumiy yig‘ilish haqida xabar beradi. Samarqand shahar Ko'ksaroy maydoni 1. Ro'yxatga olish soat 10-00 da boshlanadi.

“BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish (ishtirok etish huquqi) uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2019-yil 25-iyun.

 “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reestri shakllantirilgan sana: 04.06.2019 y.

 Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

 · sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;

 · 2018 yil uchun direktorning hisobotini tasdiqlash;

 · Jamiyatning 2018 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi auditorlik xulosasini tasdiqlash;

 · Jamiyatning buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;

 · Taftish komissiyasining fikrini eshitish

 · Kuzatuv kengashining 2018 yil uchun hisobotini tasdiqlash;

 · 2019 yil uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini aniqlash;

 · Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;

 Jamiyatning Samarqand shahar manzili, Ko‘ksaroy maydoni 1-uyda joylashgan ma’muriy binosida kunning dolzarb masalalariga oid materiallar bilan tanishishingiz mumkin.

          Iltimos, o'zingiz bilan pasportingiz yoki shaxsingizni tasdiqlovchi boshqa shaklni olib keling.