Hurmatli “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK aksiyadori!
Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni 1-uyda joylashgan “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK (e-mail: bc-samarkand@inbox.uz) 2021-yil 30-iyun kuni soat 11-00 da bo‘lib o‘tadigan umumiy yig‘ilish haqida xabar beradi. Samarqand shahar Ko'ksaroy maydoni 1. Ro'yxatga olish soat 10-00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish (ishtirok etish huquqi) uchun “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK aksiyadorlari reestri shakllantirilgan sana: 24.06.2021.
“BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QK aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reestri shakllantirilgan sana: 03.06.2021y.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
· sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
· 2020 yil uchun direktorning hisobotini tasdiqlash;
· “BIZNES CENTR SAMARQAND” AJ QKning 2021 yilga mo‘ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash;
· Jamiyatning 2020 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi auditorlik xulosasini NSA va BHMSga muvofiq tasdiqlash;
· Jamiyatning buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
· Taftish komissiyasining fikrini eshitish
· Kuzatuv kengashining 2020 yil uchun hisobotini tasdiqlash;
· 2021 yil uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini aniqlash;
· Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
· Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash
Jamiyatning Samarqand shahar manzili, Ko‘ksaroy maydoni 1-uyda joylashgan ma’muriy binosida kunning dolzarb masalalariga oid materiallar bilan tanishishingiz mumkin.
Iltimos, o'zingiz bilan pasportingiz yoki shaxsingizni tasdiqlovchi boshqa shaklni olib keling.